NATO davlatlari Ukrainaga va’da qilingan yordamning 98 foizini yetkazdi 

Olam

image

NATO davlatlari Ukrainaga 1550 ta zirhli texnika, 230 ta tank va katta miqdordagi o‘q-dorilar yetkazib berdi, shuningdek, kamida to‘qqizta zirhli brigadani tekshirdi bu esa barcha va’da qilingan yordamning 98 foizini tashkil etadi. Bu haqda bugun, 27 aprel kuni Tashkilot Bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansning Bryusseldagi shtab-kvartirasida Lyuksemburg Bosh vaziri Ksave Bettel bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Bu Ukrainaga bosib olingan hududlarni qaytarib olish uchun kuchli pozitsiya beradi. Tibbiy yordam ko‘rsatish, mobil sun’iy yo‘ldosh tizimlari, ponton ko‘priklar ko‘rinishidagi ko‘mak ham juda muhim”, degan Stoltenberg Lyuksemburgga Ukrainani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga qo‘shgan saxiy hissasi uchun minnatdorlik bildirar ekan.

Shuningdek, Bosh kotib NATO Ukrainada tinchlikni ta’minlashning eng yaxshi yo‘li sifatida Prezident Vladimir Zelenskiyni “kuchli muzokara pozitsiyasi”ni egallashi uchun uni maksimal miqdorda qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etishini ta’kidlagan.

O‘z navbatida Bettel Lyuksemburgda Ukrainaga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan qurol-yarog‘ zaxiralari yo‘q ekanini, shuning uchun u moliyaviy hissa qo‘shayotganini ta’kidlagan. 

“Ukraina o‘ziga kerakli narsani buyurtma qilsin, biz hisobni to‘laymiz”, deydi Bosh vazir.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing