NATO davlatlari Ukrainaga 1 millionta dron yubormoqchi
Olam
−
16 fevral
3156NATO ittifoqchilari Ukrainaga 1 million dona uchuvchisiz samolyotlar topshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Mudofaa vazirlari va NATO-Ukraina kengashining Bryusselda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlari yakunida ma’lum qildi.
“Bir guruh ittifoqchilar Ukrainaga 1 million dron yetkazib berish maqsadida birlashmoqda. NATOning 20 nafar ittifoqchisi esa minalardan tozalash koalitsiyasini tuzishga qaror qildi”, deydi Bosh kotib.
Bundan tashqari, Stoltenberg Turkiya, Bolgariya va Ruminiyaning Qora dengizdagi minalardan tozalash bo‘yicha birgalikdagi faoliyatidan mamnunligini bildirdi.
“Bu sa’y-harakatlar Ukrainaga o‘z hududiy suvlaridan foydalanish, Rossiyaga qarshi dengizda muvaffaqiyatga erishish va g‘allasini eksport qilish imkonini berdi”, deydi u.
Shuningdek, Stoltenberg alyans Polshada yangi NATO va Ukraina qo‘shma tahlil va o‘quv markazini tashkil etishga qaror qilganini, u yerda ukrainalik harbiy xizmatchilar Ukrainadagi voqealardan olingan saboqlar bilan bo‘lishishi, NATOdagi hamkasblari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishi va tayyorgarlikdan o‘tishi mumkinligini aytdi.
LiveBarchasi