Nato Bosh kotibi Rossiya suvosti kemasining ustidan kuldi

Olam

image

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte joriy yilning 13 oktyabr kuni Fransiya qirg‘oqlari yaqinida suv yuzasiga chiqqan Rossiyaning suvosti kemasining ustidan kuldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning “Novorossiysk”suvosti kemasi Fransiya qirg‘oqlari yaqinida suvga chiqqan va Shimoliy dengizda Niderlandiya harbiy-dengiz kuchlari tomonidan kuzatib borilgan. Mark Ryutte Rossiyaning kemalarini ishlamay qolganini aytib, ustidan kulgan.

“Endi, mohiyatan, O‘rtayer dengizida deyarli Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining ishtiroki qolmadi. Faqat yolg‘iz, buzilib qolgan Rossiya suvosti kemasi patrullikdan so‘ng oqsoqlanib uyga qaytmoqda”, degan Mark Ryutte Sloveniyadagi chiqishida.

Rossiya Harbiy-dengiz kuchlari matbuot xizmati Qora dengiz floti suvosti kemasidagi nosozliklar haqidagi xabarlarni rad etib, u La-Mansh bo‘yida navigatsiya qoidalariga rioya qilgani va yaroqli ekanini ta’kidlagan.

“Ba’zi ommaviy axborot vositalari tomonidan chiqarilgan Fransiya qirg‘oqlari yaqinida “Novorossiysk” dizel-elektr suvosti kemasining ishlamasligi va buning natijasida favqulodda vaziyat yuzaga kelganligi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aslida, B-261 ekipaji hozirda Rossiya Harbiy-dengiz kuchlari qo‘shinlaridagi doimiy topshiriqlarni bajargandan so‘ng rejalashtirilgan flotlararo sayohatni amalga oshirmoqda”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Shuningdek, NATO Bosh kotibi Mark Ryutte vaziyatni kulgili ekanligiga shama qilib, uni amerikalik yozuvchi Tom Klensining 1984 yilda chop etilgan “Qizil oktyabrga ov” romanidagi holatga o‘xshatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning sobiq prezidenti va ayni paytdagi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukraina qanday vaziyatga tushib qolganini mem bilan tasvirlab ustidan kulgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

NATO Rossiya Frantsiya Qora dengiz Mark Ryutte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing