NATO Bosh kotibi Gruziyaga bordi

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bugun, 18 mart kuni Gruziyaga bordi. Bu haqda Gruziya mahalliy nashrlari xabar berdi.

Shimoliy Atlantika alyansi rahbarini aeroportda Gruziya Tashqi ishlar vaziri Iliya Darchiashvili va Gruziyaning NATOdagi elchisi Viktor Dolidze kutib oldi.

Stoltenberg bugun Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Muzokaralar yakunida tomonlar matbuotga bayonotlar beradi.

NATO Bosh kotibi mamlakat Prezidenti Salome Zurabishvili bilan ham uchrashadi.

17-19 mart kunlari NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ozarbayjon, Gruziya va Armanistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Kecha, 17 mart kuni u Ozarbayjonda Prezident Ilhom Aliyev bilan uchrashgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Gruziya Ozarbayjon Armaniston Yens Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing