NATO a’zolari Kiyevga 40 mlrd yevro miqdorida yordam ko‘rsatishga kelishib oldi
Olam
−
03 iyul
2609NATOga a’zo davlatlar 2025 yilda Ukrainaga 40 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatishga kelishib oldi. Bu haqda bugun, 3 iyul kuni manbalarga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.
9-11 iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida ittifoq yetakchilari bu boradagi majburiyatni imzolashi kutilmoqda. Shartnomada aytilishicha, a’zo davlatlar “mutanosib badallar orqali ushbu majburiyatni bajarishga harakat qiladi”.
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans davlatlarini Ukrainaga yiliga kamida 40 milliard yevro miqdoridagi yordamni kafolatlashga chaqirgan.
“Bu Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushda g‘alaba qozonmasligini ko‘rsatish uchun”, degan Stoltenberg 31 may kuni Pragada NATOga a’zo 32 davlat Tashqi ishlar vazirlari bilan bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuv yakunida u.
40 milliard yevrolik ko‘rsatkich taxminan 2022 yil fevralida Rossiya qurolli bosqinining boshlanishidan buyon G‘arbning Ukrainaga bergan yillik yordami miqdoriga to‘g‘ri keladi.
Alyans mamlakatlari o‘rtasida moliyaviy yukning adolatli taqsimlanishini qanday ta’minlash mumkinligi haqidagi savolga Stoltenberg har bir davlatning hissasini YAIM hajmidan kelib chiqib hisoblash mumkinligini aytdi. Bu AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya boshqa NATO mamlakatlariga qaraganda ancha ko‘proq mablag‘ ajratishi kerakligini anglatadi.
LiveBarchasi