Natan Ake YeCHLda birinchi golini kiritganidan so‘ng otasi vafot etdi

Sport

image

“Manchester Siti” himoyachisi Natan Akening otasi vafot etdi. Bu haqda futbolchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“So‘nggi bir necha hafta mening hayotimdagi eng og‘ir kunlarim bo‘ldi. Otam kasal va sog‘ayishi imkonsiz edi. Biroq, rafiqam, oilam va do‘stlarimning qo‘llab-quvvatlashi sababli o‘zimni baxtli his qildim. Kecha men Chempionlar ligasidagi ilk golimni kiritdim. Undan bir necha daqiqa o‘tgach, onam va akam qarshisida otam tinchgina vafot etdi”, deydi Ake.

Gollandiyalik himoyachi YeCHLdagi dastlabki golini otasiga bag‘ishlashini aytib o‘tdi:

“Balki shunday bo‘lishi kerakdir. Otam har doim mening o‘yinimni ko‘rib, o‘zini mag‘rur va baxtli his qilardi. Bilaman, u doim yonimda bo‘ladi. Siz har doim mening yuragimda qolasiz. Ushbu gol aynan siz uchun edi, ota”.

Eslatib o‘tamiz, YeCHL 1-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Leypsig” o‘rtasidagi bahsning 16-daqiqasida Natan Ake gol urib, hisobni ochdi. Uchrashuv “shaharliklar”ning 6:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing