“Nasaf” braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Sport 4443
image

Qashqadaryoning “Nasaf” klubi braziliyalik hujumchi Mateus Lima Kruz bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda Qarshi klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish joizki, joriy mavsumda o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘yayotgan “ajdarlar” davralar oralig‘ida tarkibni kuchaytirish uchun Mateus Limani taklif etgan.  Hozirda futbolchi  Toshkentda “Nasaf” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Mateus tez orada Qarshi shahriga yetib boradi. 

Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchining oxirgi jamoasi Isroilning “Hapoyel Rishon LeZion” klubi hisoblanadi. Braziliyalik hujumchi ushbu jamoa safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. Kruz faoliyati davomida o‘ynagan biror-bir klubida yuqori darajadagi sermahsullik namoyish qilmagan. 

Shuningdek, Mateus Lima to‘p tepgan klublar qatorida Braziliyaning dunyoga mashhur “Santos” jamoasi ham bor. Biroq unga “Santos” safida o‘zini ko‘rsatishi uchun umuman imkoniyat berilmagan.

Ma’ruf Abdumalikov

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 106
Reyting: 3
t
×