Narpay tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
21 noyabr 2020 10655 1 daqiqa
Samarqand viloyati Narpay tuman hokimligida xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rilmoqda. Botir Jabborov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etilgan.
Narpay tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib Sherzod Rahmonov nomzodi tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Botir Jabborov 2017 yildan buyon Samarqand viloyati Narpay tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr