Narxlarni oshirib, 5,4 mlrd so‘mga yaqin asossiz daromad olgan dorixonalar aniqlandi
3-sahifa
−
29 avgust
4553Qator hududlarda dori vositalari narxlarini noqonuniy oshirgan dorixonalar aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi respublikada faoliyat yuritayotgan dori vositalarini ulgurji va chakana sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan dori vositalarining narxlari bo‘yicha o‘rganishlar olib borganda belgilangan ustamalarni oshirib qo‘llanish holatlarini aniqlagan.
Qo‘mitaning “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar bo‘yicha tekshirish o‘tkazilganda 473 ta dorixonada (133 ta ulgurji va 340 ta chakana) huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgani ma’lum bo‘lgan. O‘rganishlar natijasida 49 455 ta holatda 5,4 mlrd so‘mga yaqin asossiz daromad olingani aniqlanib, iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan va iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini tiklash choralari ko‘rilgan.
Xususan, quyidagi hududlarda iste’molchilardan dori vositalarining narxlarini asossiz oshirish natijasida mablag‘lar olingani aniqlangan:
-
Toshkent viloyatida 111 ta dorixonada 1838 ta holatda 39 mln so‘m miqdorda;
-
Toshkent shahridagi 71 ta dorixonada 17 266 ta holatda 1 mlrd 911 mln so‘m miqdorda;
-
Jizzax viloyatida 62 ta dorixonada 7005 ta holatda 743,7 mln so‘m miqdorda;
-
Namangan viloyatida 44 ta dorixonada 7544 ta holatda 1 mlrd 14,5 mln so‘m miqdorda;
-
Navoiy viloyatida 32 ta dorixonada 1492 ta holatda 134,9 mln so‘m miqdorda;
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 30 ta dorixonada 1391 ta holatda 71,8 mln so‘m miqdorda;
-
Sirdaryo viloyatida 24 ta dorixonada 1587 ta holatda 20 mln so‘m miqdorda;
-
Farg‘ona viloyatida 23 ta dorixonada 539 ta holatda 93,2 mln so‘m miqdorda;
-
Andijon viloyatida 20 ta dorixonada 6352 ta holatda 312,8 mln so‘m miqdorda;
-
Buxoro viloyatida 17 ta dorixonada 1866 ta holatda 71,8 mln so‘m miqdorda;
-
Qashqadaryo viloyatida 18 ta dorixonada 1378 ta holatda 18,8 mln so‘m miqdorda;
-
Samarqand viloyatida 9 ta dorixonada 30 ta holatda 36,6 mln so‘m miqdorda;
-
Surxondaryo viloyatida 7 ta dorixonada 1048 ta holatda 914 mln so‘m miqdorda;
-
Xorazm viloyatida 5 ta dorixonada 119 ta holatda 10 mln so‘m miqdorda;
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real agro cotton” UKga manipulyatsiya harakatlari sodir etganligi uchun tegishli ta’sir chorasi qo‘llanilgandi.
LiveBarchasi