Dorixonalarda “sirli mijoz” tadbirini o‘tkazish tartibi belgilandi
Jamiyat
−
24 Oktabr 6888 2 daqiqa
O‘zbekiston dorixonalarida “sirli mijoz” tadbirlarini o‘tkazish tartibi belgilandi. Bu bo‘yicha joriy yilning 22 oktyabr kuni qabul qilingan “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayinlash, realizatsiya qilish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini nazorat qilishda “sirli mijoz” tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida dori vositalarini va tibbiy buyumlarni dorixonalar tomonidan chakana realizatsiya qilish tartibiga amal qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatish (tibbiy diagnostika, muolaja, dori buyurish) faoliyatini nazorat qilishda “sirli mijoz” tadbirini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
“Sirli mijoz” tadbirining vazifalari quyidagilardan iborat:
- Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tibbiyot tashkilotlari faoliyatida belgilangan tartiblarga rioya qilinishini o‘rganish va amaldagi talablar buzilishining oldini olish;
- iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini himoya qilish va sohadagi tizimli muammolarni o‘rganish;
- o‘tkazilgan “sirli mijoz” tadbiri natijalari asosida amaldagi talablarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
“Sirli mijoz” tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida vakolatli organ tomonidan buyruq chiqariladi.
“Sirli mijoz” tadbirini dorixonada o‘tkazishda “sirli mijoz” iste’molchi (xaridor) sifatida dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotib olish uchun dorixonaga tashrif buyuradi. Bu holatda “sirli mijoz”ning vazifasi dorixona xodimiga murojaat qilish, ma’lum bir dori vositalari va (yoki) tibbiy buyumni mavjudligini so‘rab murojaat qilish, tegishli xizmat ko‘rsatilishidan oldin dorixona faoliyatini kuzatish hisoblanadi.
Ushbu tadbir faqatgina audio yoki videokuzatuv moslamalaridan yashirin foydalanilgan holda o‘tkazilganda, amalga oshirilgan hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Umraga yuboruvchilar bo‘yicha “sirli mijoz” yashirin nazorat tadbirlari o‘tkazilishi bo‘yicha qaror chiqargandi.
Live
Barchasi