Nargiz Zokirova 50 yil Rossiyaga kirishi taqiqlandi
Madaniyat-san’at
−
25 may 2022
59078Xabaringiz bor, kecha, 24 may kuni Toshkentdan Moskvaga borgan xonanda Nargiz Zokirova Domodedovo aeroportida qo‘lga olingandi. U O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi mumkinligi aytilgandi.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati qabul qilgan qarorga ko‘ra, xonanda O‘zbekistonga qaytgandan so‘ng, Rossiya haqida keskin fikrlar bildirgani uchun 50 yilga – 2072 yilgacha Rossiyaga kirish huquqidan mahrum qilingan.
"Menda 50 yilga kirishni taqiqlash qarorim bor. Bu maxsus operatsiyani qoralagan jamoat arboblari oladigan standart taqiq. Bu cheklov Nargiz Zokirovaga ham qo‘yilgan. Nargiz bunga tayyor edi. U bunday choralar ko‘rilishini taxmin qildi. Shunga qaramay, mening himoyamdagi shaxs o‘z fuqarolik pozitsiyasiga sodiq qoladi", deydi advokat Ismoilov.
Ma’lumot o‘rnida, Nargiz Zokirova O‘zbekistonda taniqli musiqachilar oilasida tug‘ilgan. Uning amakisi mashhur sovet va o‘zbek xonandasi Botir Zokirov.
1995 yilda esa Nargiz Zokirova ota-onasi bilan birgalikda AQSHga ko‘chib ketadi. 2013 yilda u Rossiyaning "Ovoz" (Golos) televizion loyihasida ikkinchi o‘rinni egallaydi, shundan beri u Rossiya Federatsiyasida ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib keladi.
LiveBarchasi