Naoya Inoue kamarini jangsiz boy berishi mumkin

Sport

image

Boks bo‘yicha ikkinchi yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inouening WBA kamaridan mahrum bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda promouter Eddi Xirn ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyevning promouteri hisoblangan Xirnning aytishicha, Inoue meksikalik Alan Pikasso bilan jang qilishga rozi bo‘lgan. Shu sababli, u WBA kamaridan mahrum bo‘ladi. Vaqtinchalik chempion Murodjon Ahmadaliyev esa to‘laqonli chempion deb e’lon qilinadi. 

Lekin bu Inoue - Ahmadaliyev jangi o‘tkazilmaydi degani emas. Xirn ular o‘rtasidagi jangni 2025 yil oxirida tashkil etishga urinib ko‘rmoqchi. 

Ma’lumot o‘rnida, Naoya Inoue 24 yanvar kuni IBF yo‘nalishi bo‘yicha da’vogar Sem Gudmanga qarshi jang o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, yaponiyalik bokschi Murodjon Ahmadaliyevga qarshi ringga ko‘tarilishga rozilik bergani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing