Namoyishlar girdobidagi Iroq Bosh vazirsiz qolishi mumkin

Olam

image

Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy mamlakatdagi vaziyat yomonlashishda davom etsa, iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda bugun, 31 avgust kuni “Al Arabia” nashri xabar berdi.

“Agar namoyishchilar tartibsizliklarni davom ettirsa, men o‘zimning ma’naviy va vatanparvarlik qadamimni tashlab, o‘z vaqtida ushbu lavozimni bo‘sh deb e’lon qilaman”, deydi Bosh vazir.

Shuningdek, u o‘z xalqi oldidagi mas’uliyatdan voz kechmasligini ta’kidlab, hech bir shaxs, partiya yoki kuch Iroq va uning manfaatlaridan muhimroq emasligini aytgan.

Shu bilan birga, u hokimiyat tinch yo‘l bilan topshirilishi tarafdori ekanini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 29 avgust kuni Iroqdagi shia siyosatchisi Muqtado as-Sadr tarafdorlari Bag‘doddagi hukumat qarorgohi joylashgan Respublika saroyiga bostirib kirgan edi. Namoyishchilar va huquq tartibot idoralari xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda hozirgacha qurbon bo‘lganlar soni 30 nafarga yetgan, 380 kishi jarohatlangan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing