Iroqda namoyishlar boshlandi. Bag‘dodga qo‘shin kiritildi (fotoreportaj)

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 29 avgust kuni Iroqdagi shia siyosatchisi Muqtado as-Sadr tarafdorlari Bag‘doddagi hukumat qarorgohi joylashgan Respublika saroyiga bostirib kirdi. Bu haqda “Al Sumaria” telekanali xabar berdi.

Iroqning nufuzli shia siyosatchisi Muqtado as-Sadrning yuzlab tarafdorlari siyosatdan ketganini e’lon qilganidan so‘ng Bag‘dodning “yashil hududi”ga bostirib kirishgan. Namoyishchilar Respublika saroyini egallagan. 

Qayd etilishicha, namoyishchilar va huquq tartibot idoralari xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda hozirgacha qurbon bo‘lganlar soni 20 kishiga yetgan. 300 dan ortiq odam jarohatlangan. Iroq Vazirlar kengashi ish to‘xtatilganini e’lon qilib, Iroq poytaxtida komendantlik soati e’lon qilgan.

“Iroq armiyasi bo‘linmalari Bag‘dod ko‘chalariga joylashtirilgan. Armiya as-Sadr tarafdorlarining davom etayotgan norozilik namoyishlari munosabati bilan shahardagi mavjud xavfsizlik kuchlarini kuchaytirish uchun yetib kelgan”, deyiladi telekanal xabarida.

Shuningdek, xavfsizlik kuchlari o‘qotar qurol va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgani aytildi.

Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy as-Sadrga murojaat qilib, tarafdorlarini hukumat binolari va “yashil hudud”ni tark etishga chaqirgan.

“Biz har doim davlatni qo‘llab-quvvatlab kelgan Muqtado as-Sadrni namoyishchilarning hukumat idoralaridan chiqib ketishiga yordam berishga chaqiramiz”, deydi al-Kozimiy bayonotida.

Ma’lumot o‘rnida, iyul oyi oxirida Bag‘dodda Muqtado as-Sadr tarafdorlarining norozilik namoyishlari qayta boshlandi. Namoyishchilar bir necha marta parlament binosini egallab oldi. Avgust oyida as-Sadr mamlakat sud tizimini parlamentni tarqatib yuborishga, mamlakat Prezidentidan esa qonun chiqaruvchi organga muddatidan oldin saylovlar sanasini belgilashni so‘ragan edi. Biroq Iroq Oliy sud kengashi buni rad etgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

264

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing