“Qiyomat kuni boshpanalari”: 2012 yil vasvasasi yana qaytalanmoqda

Bu qiziq

image

2012 yil qiyomat qoyim bo‘ladi, bu haqda Mayyo qabilalarining tarixiy qulyozmalarida yozilgan ekan, degan gap-so‘zlardan so‘ng, boylar vasvasaga tushib qoldi (mol achchig‘i-jon achchig‘i-da). Shundan so‘ng, dunyodagi kazo-kazo boylar va ko‘zga ko‘ringan shaxslar dabdabali bunkerlar sotib ola boshladi. Ammo hech narsa o‘zgarmadi. 2020 yil ham keldi, biroq bu safar ham xuddi ana shunday vasvasalar paydo bo‘la boshladi. Bu safar aybdor mayyalar emas, balki koronavirus pandemiyasidir.

Kremniy vodiysidagi boy ishbilarmonlar global ofatlar oldida qurilgan Yangi Zelandiyadagi maxsus boshpanalarida COVID-19 epidemiyasidan qochib ketmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ilg‘or IT magnatlar har qanday salbiy ssenariylarga, shu jumladan, virusli pandemiyaga ham tayyor turishgan.

Vodiyda ishlaydigan AQSHning badavlat biznesmenlari maxsus bunkerlarda koronavirus epidemiyasidan yashirinish uchun Yangi Zelandiyaga qochib ketishdi, deya xabar beradi “Bloomberg”. Ma’lum bo‘lishicha, ularning aksariyatida xuddi shunday “Qiyomat kuni boshpanalari” mavjud bo‘lib, unda har qanday ofatdan, shu jumladan, noma’lum viruslarning avj olishidan omon qolish mumkin, deya e’tirof etgan bunker egalari.

San-Fransiskoda istiqomat qiluvchi tadbirkor Mixay Dinulesku va uning rafiqasi mamlakat chet elliklar uchun barcha chegaralarni yopishdan to‘rt kun oldin Yangi Zelandiyaning Oklend shahriga uchib ketishdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari mamlakatga xususiy samolyotlar kirishi taqiqlangani haqida e’lon qilishiga qaramay, ular ushbu davlatga kirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Dinuleskuning so‘zlariga ko‘ra, u kamida o‘n nafar ishbilarmon hamkasbi va tanishi koronavirusdan qochib, AQSHdagi boshpanalarini tashlab ketishganini eshitgan. 

So‘nggi bir necha yil ichida Kremniy vodiysi elitasi va ularning oilalari yoqimli muhitda yetarlicha ta’minot bilan yashashdi. Shu sabab ular “dunyoning oxiriga” tayyorgarlik ko‘rishga faol ravishda sarmoya kiritishmoqda.

“Dunyoning so‘nggi kunlariga tayyorgarlik ko‘rayotganlar, aslida, bu ro‘y beradi, deb o‘ylashmaydi. Ular buni uzoqdagi bir voqea sifatida ko‘rishadi, ammo uning oqibatlarini og‘ir deb tan olishadi. Shuning uchun, daromadlaridan kelib chiqib, ozgina qismini (mudofaa uchun) sarflash mantiqiy qadamdir ”dedi Reddit sobiq rahbari Ishan Vong “New Yorker”ga bergan intervyusida.

Bu borada jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan ishbilarmonlar qatoriga Y Combinator’ning sobiq prezidenti va Open AI kompaniyasining hozirgi rahbari Sem Altman, shuningdek, Reddit bosh direktori Stiv Xaffman ham bor. Ushbu guruhga, shuningdek, 2011 yilda Yangi Zelandiya fuqaroligini olgan va mamlakatda ikkita mulk egasi bo‘lgan PayPal asoschisi va milliarder Piter Til ham kiradi.

“Yangi Zelandiya — bu utopiya”, degan edi Til to‘qqiz yil muqaddam.

Brachasini noldan boshlash uchun Yangi Zelandiya tanlangani bejiz emas. Piter Til uning hayotidagi eng muhim kitoblardan biri Jeyms Deyl Devidsonning “The Sovereign Individual: How to Survive and Thrive During the Collapse of the Welfare State” (“Mustaqil shaxs: farovonlik davlatining qulashi davrida qanday qilib omon qolish va gullab-yashnash kerak”) asari bo‘lganligini bir necha bor ta’kidlagan. Ushbu kitob “ziyolilar elitasi” oldindan qurilgan boshpanalarda dunyoni qanday qilib qayta qurishi haqida hikoya qiladi. Devidson o‘z asarida Yangi Zelandiyani ideal bunker mamlakatiga aylantiradi.

Ma’lumki, Tildan o‘rnak olib, Kremniy vodiysining ko‘plab vakillari u yerdan ko‘chmas mulk sotib olgan edi. Tor doiralarda, Yangi Zelandiyada uy sotib olish “apokalipsis sug‘urtasi”, deb atala boshlandi.

Biroq bunker sotib olish yetarli chora emas. U yerda barcha aloqalarni amalga oshirish, shuningdek, buyumlar va tegishli mahsulotlarni zaxiralash kerak. Reddit kompaniyasining hozirgi rahbari Stiv Xaffman 2017 yilda har ehtimolga qarshi mototsikl, qurol va o‘q-dorilar sotib olganini tan oldi.

Apokalipsis holatida kutilmagan yana bir ehtiyotkorlik - bu Kremniy vodiysi ishbilarmonlari orasida ommalashib ketgan lazer operatsiyasidir. Yaxshi ko‘rish va ko‘zoynak taqishga hojat yo‘qligi dunyoning oxirida omon qolish imkoniyatini sezilarli darajada oshirishi mumkin, deb ishonmoqda ular.


Maqola muallifi

Teglar

Yangi Zelandiya

Baholaganlar

356

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing