Namanganga ham sel keldi (video)
Jamiyat
−
22 aprel
26694Bugun, 22 aprel kuni Namangan viloyatining ayrim hududlariga sel keldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Chust tumanidagi “G‘ovasoy, “Qo‘raqo‘rg‘on” MFY hududidan oqib o‘tuvchi (Nomsizsoy) va Yangiqo‘rg‘on tumani (Podshootasoy) hamda Kosonsoy tumani (Xitoysoy)ga viloyatning tog‘li hududlari hamda qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasida yog‘gan yomg‘irlar oqibatida soylarga sel kelgan. Hozirga qadar talafotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet 20-23 aprel kunlari O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel va suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hududlar orasida Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari ham qayd etilgandi. 20 aprel kuni Samarqand viloyatining Urgut tumani hududlarida qisqa vaqt ichida ko‘p miqdordagi yomg‘ir yog‘ishi va yomg‘ir suvlari yig‘ilib, suv o‘tkazish tizimiga sig‘masdan toshib chiqishi holati kuzatilgandi.
LiveBarchasi