Namangandagi suv ombori to‘g‘oni ostidan suv sizib chiqqani aniqlandi
Jamiyat
−
14 iyun 2022
14700Ijtimoiy tarmoqlarda “Yertikon” suv ombor tashqi to‘g‘oni ostidan suv sizib chiqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, bugun, 14 iyun kuni soat 10:35 da Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor-navbatchisidan olingan og‘zaki ma’lumotga ko‘ra, Kosonsoy tumani Ququnboy qishlog‘ida joylashgan “Yertikon” suv omboridan suv sizib chiqishi (filtratsiya) kuzatilgan.
Yuqoridagi holatni bartaraf etish maqsadida, suv ombori Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli tashkilot mas’ul xodimlari bilan birgalikda o‘rganib chiqilgan.
“Yertikon” suv omborining 2 ta yerli joylaridan (5 va 10 litr sekundiga) suv sizib chiqishi kecha, 13 iyun kuni 19:00 lardan boshlangani, damba (temir beton)ning o‘zi mustahkamligi, aholiga va to‘g‘onga xavf yo‘qligi aniqlangan.
Suv sizib chiqishini bartaraf etish maqsadida “Kosonsoy” suv omboridan suvni chiqarish to‘xtatilgan hamda “Yertikon” suv omboridan “Kalbuva” va “Musa ariq” kanallariga (avariyaviy tashlama) suv chiqarish 4 metr sekundgacha oshirilgan. Ombordan shu hajmda suv chiqarish 2 sutka mobaynida davom ettirilishi evaziga sizib chiqayotgan suv (filtratsiya) joylari bartaraf etilgan.
Hozirda ushbu suv omborida vaziyatni kuzatib borish va ishlarni nazorat qilish maqsadida, tegishli mutaxassislaridan iborat tunu-kun kuzatuv posti tashkil etilgan.
LiveBarchasi