Namangandagi “roddom”da bir palataga o‘ndan ortiq ayollar joylashtirildi. SSV holatga izoh berdi (video)

Salomatlik

image

Joriy yilning 27 sentyabr kuni Namangan viloyati Chortoq tumanidagi  tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limidagi palatalardan birida o‘rin-joylar sanitar-epidemiologik talablarga rioya etilmagan holda joylashtirilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Unda bitta palataga o‘ndan ortiq ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloq joylashtirilganini ko‘rish mumkin. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur video va uning ortidan avj olgan bahs-munozaralarga munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, videotasvirlarda Chortoq tuman tug‘uruq kompleksidagi bir kunlik navbatchilik holati aks etgan bo‘lib, sentyabr oyida kunlik tug‘ilishlar soni o‘rtacha 20 taga ortib ketgani bois, shifoxonada o‘rin-joy yetishmasligi yuzaga kelgan.  

“Olib borilgan o‘rganishlar natijasida yuqoridagi muammoni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilib, tibbiyot birlashmasidagi samarasiz ishlayotgan statsionar o‘rinlar hisobidan tug‘uruq bo‘limi uchun qo‘shimcha  20 ta, jami 70 ta o‘rin-joy ajratilgan”, deyilgan vazirlik xabarida.

Shuningdek, Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining   ma’lum qilishicha, muassasada joriy yil sentyabr oyiga qadar kuniga o‘rtacha 13 ta tug‘uruq amalga oshirilgan bo‘lib, bu davr oralig‘ida shifoxonaning ortiqcha yuklama bilan ishlashi deyarli kuzatilmagan. 

“Hozirda muassasada homilador ayollarga sanitar-epidemiologik talablarga to‘la javob beradigan sharoitda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda”, deya qo‘shimcha qilinadi rasmiy munosabatda.

Adiba Rahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing