Namangandagi rezina sexiga o‘t ketdi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 8 sentyabr kuni Namangan viloyatidagi rezina ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, FVBga Davlatobod tumanidagi “Xalqlar do‘stligi” mahallasida joylashgan sexning tom qismi yonayotgani haqida xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, soat 17:00 da yong‘inni qurshab olgan. Yong‘in soat 17:55 da to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yangi Toshkent tumani hududidagi qurilish ob’ektining yuqori qismida yong‘in sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing