Namangandagi kanaldan maktab o‘quvchisining jasadi topildi. Uni suvga kelinoyisi itarib yuborgan

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Namanganda 22 yashar kelin mudhish jinoyatga qo‘l urdi. U voyaga yetmagan jiyanini qasddan suvga itarib yuborgan. Natijada maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizaloqning jasadi voqeadan bir kun o‘tib kanaldan topilgan. Bu haqda Namangan viloyat prokuraturasi xabar bermoqda

Gap shundaki, joriy yilning 5 aprel kuni soat 19:00 da Namangan shahar “Sohil” MFY, Bodomzor ko‘chasida yashovchi S.M. tuman prokurori nomiga ariza bilan murojaat qilib, Chortoq tumani “Bag‘rikenglik” MFY Olmazor ko‘chasi 88-uyda yashovchi onasi N.M.ning qaramog‘ida bo‘lgan, voyaga yetmagan farzandi M.A. shu kuni ertalab maktabga ketib, qaytib kelmaganini ma’lum qilgan

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, voyaga yetmagan M.A.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilib, tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Shundan so‘ng, voyaga yetmagan M.A.ning shubhali bedarak yo‘qolishida uni qotillik jinoyati qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi nazarda tutilib, tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida joriy yilning 6 aprel kuni voyaga yetmagan M.A.ning jasadi Namangan shahar “Sherbuloq” MFYdagi “Katta Namangan” kanali ustidan o‘tgan ko‘prik ostining suv oqimi past bo‘lgan qismidan, tashqi tan jarohatlarisiz topilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari davomida, voyaga yetmagan M.A.ni joriy yil 5 aprel kuni soat 10:30 da kelinoyisi – 1999 yilda tug‘ilgan F.Q. maktabdan olib chiqib ketgani va Chortoq tumani “Alisher Navoiy” MFY Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan oqib o‘tgan “Katta Namangan kanali”ga olib borib, suvga itarib yuborgani aniqlangan.

Shunga ko‘ra, fuqaro F.Q. jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

902

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing