Namangandagi qamoqxonadan mahkumning o‘ligi chiqqani Ombudsman tomonidan o‘rganilmoqda
3-sahifa
−
29 may 2024 6435 1 daqiqa
Avvalroq, Namangandagi qamoqxonada 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qilgani xabar qilingandi. Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nazoratiga olindi. Bu haqda Ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.
“Hozirda holat Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga borib o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, o‘rganish yakunlari bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Live
Barchasi