Namanganda yo‘lovchiga shilqimlik qilgan haydovchi qamaldi
3-sahifa
−
15 iyul 8637 1 daqiqa
Namangan viloyatida 34 yoshli Damas haydovchisi mashinasiga yo‘lovchi sifatida chiqqan qizga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun jazolandi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 8 iyul kuni soat 00:30 atrofida Damas haydovchisi avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan qizning son qismi va ko‘kragidan ushlab, shahvoniy shilqimlik qilgan.
Sudlanuvchi haydovchi apellyatsiya shikoyatida qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, jabrlangan fuqarodan kechirim so‘ragani va jabrlanganning unga nisbatan da’vosi yo‘qligini inobatga olib, suddan yengillik berishni so‘ragan.
Mazkur ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudida ko‘rib chiqilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, sudlanuvchiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismi bilan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida “Xalqlar do‘stligi” va “Paxtakor” metro bekatlari oralig‘ida qiz bolaning belidan past qismiga teginib, unga shilqimlik qilgan yigit besh sutkaga qamalgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr