Namanganda yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

3-sahifa

image

Namangan shahridan o‘tuvchi 4R-117 avtomobil yo‘lida MAN yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 5 iyul kuni soat 17:40 larda Namangan viloyati Namangan shahridan o‘tuvchi 4R-117 avtomobil yo‘lining 28-kilometrida 1989 yilda tug‘ilgan haydovchi G.I. MAN rusumli yuk avtomobilini boshqarib borayotgan bo‘lgan.

Avtomashinaning kardan mili (“kardanniy val”) ishdan chiqishi oqibatida MAN yo‘lning o‘ng tomoniga ag‘darilib ketgan. YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. 

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing