Namanganda YTH: haydovchi ayanchli halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida avtomobilning beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIb Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH joriy yilning 29 yanvar kuni soat 19:00 larda Baliqchi-Pungon yo‘lining 62 km.da sodir bo‘lgan. “Qo‘g‘aliko‘l” MFY hududida, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaroni nomida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib, boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

Natijada, avtomashina haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 29 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

369

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing