Namanganda yongan “Jiguli”dagi uch kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Avvalroq, Namangan viloyati Chust tumanida VAZ 2107 va Lacetti avtomobillari to‘qnashishi, oqibatda "Jiguli" ag‘darilib, yonib ketgani haqida xabar bergandik. 

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati rahbari QALAMPIR.UZ'ga holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida VAZ 2107 da bo‘lgan 3 nafar fuqaro, jumaladan, haydovchi voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Lacetti haydovchisi hamda bir nafar yo‘lovchisi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing