Namanganda velosiped va mototsikllar ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi

Jamiyat

image

Namangan viloyatining Norin tumanida velosiped ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ xabar bermoqda. 

Mazkur korxonani tashkil etish bo‘yicha Kelishuv “O‘zavtosanoat” AJ va “Lifan Group Co.Ltd” kompaniyasi tomonidan imzolangan. “Lifan Group Co.Ltd” kompaniyasi ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Korxonada dastlab ishlab chiqarish hajmi yiliga 150 mingni tashkil qiladi. Bosqichma-bosqich mazkur ko‘rsatkich oshib borish rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Investitsion dasturiga kiritilgan bo‘lib, uning doirasida mamlakatga 200 ming AQSH dollar investitsiya jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.

Kelgusida “Norin Moto Bike” MCHJ korxonada mototsikllar, tritsikllar, skuterlar va mopedlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Qayd etish joizki, “Norin Moto Bike” zavodi xodimlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan oldin Xitoyda tajriba o‘tab qaytgan. Yangi zavod hozirda 150 dan ortiq mahalliy aholini ishga joylashtirish imkonini beradi, kelgusida ish o‘rinlarini 500 taga yetkazish rejalashtirilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Namangan O'zavtosanoat velosiped mototsikl

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing