Namanganda uyida nasha saqlab kelgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
03 fevral 982 1 daqiqa
Namangan viloyatining Chust tumanida uyida giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Chust tumanining “Buloqboshi” mahallasida yashovchi fuqaroning xonadoni guvohlar ishtirokida tekshirilgan. Natijada uyning yerto‘lasida yog‘och qutida muhrlangan va qora politilen paketga o‘ralgan beshta bir litrli va uchta yarim litrli shisha idishlar saqlangani aniqlangan. Mohirona yashirilgan idish ichida 787 gramm marihuana hamda 1,77 gramm ko‘knori giyohvandlik moddalari bor bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchi protsessual tartibda qo‘lga olinib, unga nisbatan Chust tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida uyida narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Sunnatova Farangiz
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral