Namanganda uy yondi 

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 11 may kuni Namangan shahridagi xonadonlardan biri yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 10:15 da Namangan shahar FVB Tezkor boshqarma markaziga “Ozod” mahallasidagi xonadonlardan birida yong‘in bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng 2 ta yong‘in o‘chirish jangovar ekipaji jalb qilingan.

Ushbu yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 may kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Namangan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made