Namanganda o‘g‘irlab ketilgan noyob Qur’oni Karim nusxasi topildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, Namangan viloyatidagi Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohida saqlanayotgan muqaddas Qur’oni Karim kitobining qo‘lyozma nusxasi o‘g‘irlab ketilgandi. 

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, boshqarma tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida qo‘lyozma nusxani o‘g‘irlab ketgan ikki nafar shaxs qo‘lga olingan. 

Ulardan biri Chortoq tumani, ikkinchi esa Namangan shahrida yashovchi shaxslar ekani aniqlangan. 

Qur’oni Karim kitobining qo‘lyozma nusxasi esa Namangan shahrining Navoiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan birida yashirincha saqlab kelingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan Qur’oni Karim kitobining qo‘lyozma nusxasiga hech qanday zarar yetmagan. 

Gumonlanuvchilar Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, qamoqqa olingan. Hozirda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 avgustidan 10 avgustiga o‘tar kechasi soat taxminan 00:04 da noma’lum shaxslar Chortoq tumani “Baliqko‘l” MFYda joylashgan Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohida saqlanayotgan “Qur’oni Karim” kitobining qo‘lyozma nusxasini o‘g‘irlab ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

474

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing