Namanganda uch tup daraxt kesilishiga yo‘l qo‘ygan rahbar 70 mln so‘m jarima to‘ladi
3-sahifa
−
20 mart
6151Namangan viloyatida uch tup daraxt kesilishi ortidan tashkilot rahbari 70 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi va Yangi Namangan tumani bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda daraxtlarning shikastlanishi va kesilishining oldini olish bo‘yicha reyd tadbiri tashkil etilgan.
Yangi Namangan tumani “Oromgoh” mahallasida o‘tkazilgan tadbirda shu yerda joylashgan Ftiziatriya va pulmonologiya markazi bolalar bo‘limining hududida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish jarayonida bo‘lim xodimlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan 2 tup chinor va 1 tup kashtan daraxti kesib yuborilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tashkilot rahbari V.B.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-modda 3-qismi bilan bazaviy hisoblashning 10 barobari miqdorida, 3 400 000 ming so‘m jarima va 69 million 20 ming so‘m o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblangan.
"Jarima davlat foydasiga undirilib, to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborildi", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi