Namanganda sement zavodi qulagani rostmi?
Jamiyat
−
03 iyun 2022 12058 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi sement ishlab chiqarish zavodi qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Namangan viloyati FVB holatga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, tumanning “Oqtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “J.E.S.” MCHJga tegishli sement ishlab chiqaruvchi zavod qulamagan.
Olib borilgan o‘rganish davomida zavoddagi omborga yarim tayyor mahsulot belgilangan me’yordan ko‘p miqdorda olinganligi sababli omborning tom qismi qulagani aniqlangan.
“Omborga mahsulot olish jarayonida me’yoridan ortiq olingani sababli omborning tom qismida qulash bo‘ldi”, deydi MCHJ mas’uli.
Hodisa oqibatida hech kimga ziyon yetmagan.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust