Namanganda toshkentlik mehmonni telefoni va pullarini o‘marib ketishdi

Jamiyat

image

Namangan shahrida Toshkent shahridan bo‘lgan fuqaroni uyali telefoni va 5 200 AQSH dollarini o‘g‘irlab ketishgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro G‘.P., 2020 yilning 6 mart kuni Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, 12:30 da Namangan shahar A.Rahimov ko‘chasida o‘ziga tegishli bo‘lgan Malibu-2 rusumli avtomashinasini ochiq holatda qoldirib ketgan. G‘.P. bundan foydalanib noma’lum shaxs avtomashina salonidagi narxi 300.000 so‘mlik Samsung rusumli uyali telefoni apparati va jami 5200 AQSH dollar qiymatidagi pullarni o‘g‘irlab ketilganini IIBga ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan tumanida yashovchi 28 yoshli K.R. sodir etganligi aniqlangan. Dastlabki tergov jarayonida K.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Gumonlanuvchidan 4.000 AQSH dollari, 405.000 so‘m pullar va Samsung rusumli uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
 


Maqola muallifi

Teglar

IIV o'g'irlik

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing