Namanganda teplovozga urilgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
11 noyabr
3994Namangan viloyati Uychi tumanida Damas teplovoz yuk vagoniga borib urilishi oqibatida uning haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yil 9 noyabr kuni soat 10:20 larda Uychi-Chortoq temiryo‘l bekatlari oralig‘ining 118-kilometri 1-to‘sig‘idagi qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida 1961 yilda tug‘ilgan haydovchi Damas rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, kesishmadagi to‘xtash ishorasi belgisiga amal qilmay harakatda davom etishi oqibatida temiryo‘lda harakatlanib kelayotgan teplovozning yuk vagoniga borib urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Toshkent-Xo‘jakent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi harakatlanib ketayotgan vaqtida temiryo‘lning yo‘lovchilar o‘tish joyidan velosipedni minib o‘tayotgan vaqtida voyaga yetmagan 15 yoshli qashqadaryolik o‘smirni urib yuborgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr