Namanganda tadbirkorlar byudjetga 2 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida 2 milliard so‘mdan ziyod elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda bugun, 16 sentyabr kuni Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namangan viloyatining Chortoq tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida yakka tartibdagi tadbirkor U. M. ga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 1 milliard 604 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh etilgan.

Bu kabi holat ushbu tumanda fuqaro U. F. ga qarashli suv nasoslarida ham qayd etilgan. Ushbu qoidabuzarlik oqibatida, elektr ta’minot korxonasiga 433,6 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing