Namanganda sudya xizmat xonasida yordamchisini kaltakladi

3-sahifa

image

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tumani sudi raisi Jahongir Yaqubxo‘jayev yordamchisi Shohjahon Yaxshiboyevni kaltaklab, unga jarohat yetkazgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ manbasi buni tasdiqladi. 

Ma’lum bo‘lishicha, sud raisi o‘tgan oyda yordamchisini o‘zining xizmat xonasida kaltaklagan. Jarohatlangan yordamchi tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Unga yuz sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi tashxisi qo‘yilgan.

Holat yuzasidan Sudyalar oliy kengashi ham munosabat bildirib, xizmat tekshiruvi tayinlanganini va tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda MY5 telekanalining “Markaziy studiya” dasturida efirga uzatilgan lavhadan so‘ng uning muallifiga  nisbatan qo‘zg‘atilgani aytilayotgan ma’muriy huquqbuzarlikka doir ishga sudyalar hamjamiyati vakilining ehtimoliy aloqadorligiga oid ijtimoiy tarmoqdagi xabarlar Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar odob komissiyasida o‘rganib chiqilishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan sud raisi sud'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing