Namanganda Spark yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 6 sentyabr kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida Spark yonib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 16:00 atrofida 60 yoshli haydovchi F.Q. boshqaruvidagi Spark avtomobili tumanning “Chustko‘prik” MFY hududida  harakatlanib ketayotganda yong‘in yuz bergan. Alanga mashinaning motor qismida boshlangan.

Natijada, haydovchi zudlik bilan avtomobilni to‘xtatgan va o‘t o‘chirish xizmatiga xabar bergan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf qilingan. Tan jarohati olganlar yo‘q. 

Mazkur hodisa yuzasidan hozirda To‘raqo‘rg‘on tumani FVB hamda YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing