Namanganda soxta pulfurushlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qalbaki valyuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1992 va 1995 yillarda tug‘ilgan hamda To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 1980 yilda tug‘ilgan uch nafar fuqaro qalbaki 100 AQSH dollarlik kupyuralardan iborat jami 100 ming AQSH dollarini haqiqiy 40 ming AQSH dollariga sotishni rejalashtirgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent va Namangan viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxslar qalbaki 80 ming AQSH dollarini haqiqiy 40 ming AQSH dollariga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu qalbaki valyuta xorijda tayyorlangani va turli yo‘llar orqali mamlakatga olib kirilgani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Xonobod shahrida qo‘shni davlat fuqarosiga qalbaki pullarni haqiqiy 3 520 dollarga sotishga urungan shaxs qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan soxta pulfurush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing