Namanganda rashkchi er qo‘shnisini o‘ldirish uchun qotil yolladi (video)

3-sahifa

image

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida xotinidan shubhalangan erkak qo‘shnisini o‘ldirish uchun yollanma qotilga 1000 dollar va’da qildi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 2 iyun kuni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 29 yoshli fuqaro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.

Unga ko‘ra, gumondor tanishiga xotini va qo‘shnisi o‘rtasidagi o‘zaro ishqiy munosabatdan xabar topgani hamda shu sababdan qo‘shnisini o‘ldirib yuborishini yoki qotil topib berishini iltimos qilgan. Bu ishi uchun yollanma qotilga 1000 dollar berishini aytgan.

Mazkur ariza yuzasidan viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati, Jinoyat qidiruv boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda boshqa xizmat hodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda joriy yilning 7 iyun kuni tezkor tadbir o‘tkazilishi belgilangan.

Tadbirga ariza muallifi hamda voqeaning asosiy fonida bo‘lgan jabrlanuvchi jalb qilingan. Tuman hududidagi molxonada sahnalashtirilgan jarayon davomida soxta qotil yollanib, jabrlanuvchining yuz sohasida maxsus mutaxassislar tomonidan sun’iy tan jarohati grim orqali shakllantirilgan. 

Shuningdek, uning qo‘l va oyoqlari bog‘langan holda foto va video olinib, buyurtmachiga ma’lum qilingan. Shundan so‘ng ayblanuvchi va’da qilingan pullarni olib ko‘rsatilgan manzilga yetib kelgan va yonida bo‘lgan oshxona pichog‘ini qotilga berib, ishni yakunlaganidan keyin pichoqni qaytarib olib chiqishini aytgan.

Rejaga asosan, mazkur qotillik amalga oshirilayotgan vaqtda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi va Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 25-97- moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu shaxs JPKning 221-moddasida ko‘rsatilgan tartibda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing