Namanganda PUBG akkauntini sotib olmoqchi bo‘lgan yigit chuv tushdi

Jamiyat

image

Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi 21 yoshli T.I.ning bank kartasidan jami 17 mln 315 ming so‘m miqdoridagi pul noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirildi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Tezkor o‘tkazilgan tadbirlar davomida mazkur jinoyatni Samarqand viloyati Samarqand tumanida yashovchi 21 yoshli A.I. sodir etganligi aniqlangan. 

“A.I. jabrlanuvchi T.I. bilan Telegram messenjerining “monstersavdo” nomli kanali orqali tanishib, unga go‘yoki kuchaytirilgan PUBG akkauntini sotishi haqida aytib, aldov yo‘li bilan o‘zining bank kartasiga oldindan 17 mln 315 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazdirib olgan”, deyiladi xabarda.

Shundan so‘ng, o‘zaro kelishmovchilik tufayli 12 mln so‘m pullarini qaytargan, qolgan qismini esa o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.I.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan PUBG

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing