Namanganda “prava”siz haydovchi mashinada YPX xodimini urib ketdi

3-sahifa

image

Namanganda joriy yilning 18 mart kuni otasining mashinasini hujjatlarsiz haydab chiqqan 18 yoshli yigit yo‘l-patrul xizmati xodimini urib ketdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan, 2003 yilda tug‘ilgan B.S. ismli yigit otasiga tegishli Matiz’da Namangan shahrining Amir Temur ko‘chasida svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtamay harakatlangan. Shu hududda xizmat olib borayotgan YPX xodiming to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, uni mashinaning old qismi bilan urib, voqea joyidan qochib ketgan.

Tekshiruv harakatlari natijasida ushbu shaxs mashinani ustaxonaga olib kelgan vaqtida qo‘lga olingan.

YTHda jarohat olgan inspektorga tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

372

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing