Namanganda “Open budget” uchun o‘qituvchilardan majburan pul yig‘ib olindi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqdalarda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 12-umumta’lim maktabida “Tashabbusli byudjet” uchun o‘qituvchilardan 500 ming so‘mdan pul talab qilinganligi aks etgan audio xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, yuqorida keltirilgan xabar faktlarini o‘rganish maqsadida ta’lim maskanidagi 27 nafar o‘qituvchidan yozma tarzda so‘rovnoma o‘tkazilgan. Natijada 11 nafar pedagog haqiqatdan ham majburan pul talab etilganini, 16 nafari esa o‘z xohishi bilan tashabbus ko‘rsatganini bildirgan.

“Hozirda ushbu vaziyat bo‘yicha tuman hokimligi, viloyat hamda tuman  bandlikka ko‘maklashish markazi va tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, tegishli tartibda olib borilayotgan o‘rganish ishlari yakuni yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tashabbusli byudjet” loyihasining rasmiy portali xakerlik hujumiga uchragani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Open budjet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing