Namanganda ona 50 sotix yer uchun ikki farzandi va o‘zini o‘ldirdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 26 oktyabr kuni soat 18:00 larda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Eski yer” suv omboridan 3 nafar odam jasadi topildi. Bu haqda “Yangi davr” axborot dasturida ma’lum qilindi.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor guruhi voqea joyiga yetib kelib, bir nafar ayol va ikki nafar voyaga yetmagan bolalarning jasadlarini jonsiz holda suvdan olib chiqqan.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Namangan viloyati filiali, Yangiqo‘rg‘on tumanlararo bo‘linmasining xulosasiga ko‘ra ularning shaxsi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, tumanning “Navkent” mahallasida yashagan ayol, sha’riy nikohdagi turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan tutzor uchun mo‘ljallangan 2 gektar yerning 50 sotixini turmush o‘rtog‘i tomonidan ukasiga o‘tkazib berganidan norozi bo‘lgan. Achchiq ustida o‘z joniga qasd qilish maqsadida  ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari: uch yoshli o‘g‘li va 2 yoshli qizini “Eski yer” suv omborining boshlanish qismiga olib kelgan. Farzandlarini ketma-ketlikda suvga tashlab, ular cho‘kkaniga ishonch hosil qilgach o‘zini ham suvga tashlagan.

Ayol o‘z joniga qasd qilishdan oldin yer maydonini berib yuborilishidan norozi ekanini bildirib xat yozib qoldirgan. Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Namangan viloyati filiali, Yangiqo‘rg‘on tumanlararo bo‘linmasining xulosasiga ko‘ra ularning o‘limi yuqori nafas yo‘llarini suyuqlik bilan berkilishi, obsturatsion asfeksiya natijasida  kelib chiqqan  o‘tkir yurak va  qon tomir yetishmovchiligi oqibatida sodir bo‘lgan. 

Mazkur holat yuzasidan aynan ayolga nisbatan voyaga yetmagan ikki nafar go‘dakni qasddan o‘ldirganli uchun jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik er

Baholaganlar

1184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing