Namanganda mast otaxon yaqinlariga pichoq bilan tashlandi (video)

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Namangan shahrida spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan erkak oila a’zolariga pichoq bilan tashlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 16 iyul kuni kuzatilgan. Soat 08:30 da Namangan shahar IIBga Nurafshon mahallasidagi xonadonlarning birida 1960 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan, fuqaro A.T. mast holatda uyida janjal ko‘tarib, yaqinlariga xo‘jalik pichog‘i bilan tahdid qilayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan voqea joyiga mahalla profilaktika kichik inspektori katta serjant Z.Tojiboyev hamda hokim yordamchisi M.Maxmudov zudlik bilan yetib borgan. Xonadonda mast holda bo‘la turib, xodimning ogohlantiruviga qaramasdan, qo‘lidagi xo‘jalik pichog‘i bilan hamla qilayotgan fuqaro A.T. inspektor tomonidan jismoniy kuch ishlatgan holda zararsizlantirilgan. Huquqbuzarning harakatlari oqibatida atrofdagilarga zarar yetmagan.

Shundan so‘ng, voqea joyiga yetib borgan qo‘shimcha kuch yordamida fuqaro A.T. shahar Narkologiya bo‘limiga olib borilib, majburiy yotqizilgan.

Hozirda fuqaro A.T. ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 185-moddasi (quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyul kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida profilaktika inspektori chaqiruv vaqtida pichoqlangan va olgan jarohati oqibatida vafot etgan edi. Inspektorni pichoqlagan 65 yoshli fuqaro esa 4 iyul kuni qabristondagi makkapoya ichida qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan IIB pichoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing