Namanganda mahkum koloniyada nikohdan o‘tdi

Jamiyat

image

Namangan viloyatidagi koloniyada mahkum qonuniy nikohdan o‘tdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, ikkinchi mintaqaviy hudud 6-son jazoni ijro etish koloniyasiga Namangan viloyati Pop tuman FXDYO bo‘limi mudiri D.Yo‘ldosheva taklif etilib, mahkum R.R. ning turmush qurishi yuzasidan qilgan murojaati qonuniy hal etilgan.

Shuningdek, koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan davra suhbati o‘tkazilgan va mahkumlarga fuqarolik hujjatlarini rasmiylashtirish va olish tartibi, jazo muddatini o‘tash davomida nikohdan o‘tish tartibi tushuntirib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yil 1 maydan ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga BHMning 6 baravari miqdoridagi bir martalik nafaqa puli “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali to‘lanishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan koloniya nikoh mahkum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing