Namanganda xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
3-sahifa
−
16 Oktabr 2025 2078 1 daqiqa
Namangan shahrida xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Namangan shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro M.A. fuqarolar M.S. va A.K. ning ishonchiga kirib, 2 000 AQSH dollari evaziga Koreya davlatiga ishga yuborishini aytgan. U oldindan 1 000 AQSH dollarini olganida qo‘lga tushgan.
Yana bir holatda fuqaro R.M. fuqaro M.B.ni 40 mln so‘m evaziga Slovakiya davlatiga ishga yuborishi uchun kelishilgan pullar hisobidan 600 AQSH dollari va 2,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda odamlarni Xorvatiyaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan pul olgan shaxslar qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi