Namanganda kanal orqali chet davlatdan yashirincha sigareta olib kirganlar ushlandi

3-sahifa

image

Qirg‘iziston Respublikasidan Namangan viloyatiga oqib o‘tuvchi tez oqar suv orqali O‘zbekistonga tamaki mahsulotlarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 30 iyun kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan oqim kuchli bo‘lgan kanaldan qop-qora o‘ramdagi sigaretalarni suvdan olib chiqayotgan uch nafar mahalliy fuqaro qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, sigaretalar Qirg‘izistonda sotuvga chiqarilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 100 million so‘mlik 9 ming o‘ram “Milan” sigaretasi musodara qilingan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (Etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomala qilish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondan Surxondaryoda giyohvand moddalarni yashirincha olib o‘tayotgan yuk mashinasi aniqlangandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Namangan kanal sigareta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing