Namanganda qizni ta’qib qilgan shaxs javobgarlikka tortildi

3-sahifa

image

Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi talaba qiz noma’lum shaxs tomonidan ta’qibga uchradi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, Chortoq tumanida yashovchi talaba qiz noma’lum shaxs tomonidan doimiy ravishda telefon orqali qo‘rqitib bezovta qilinayotgani bo‘yicha Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) ishonch telefoniga murojaat qilgan. Otasi chet davlatiga ishlash uchun ketgan murojaatchi qizning yozishicha, yigit uni va dugonalarini ko‘p bora bezovta qilgan. Hattoki, onasini o‘ldirish bilan ham qo‘rqitgan.

Mazkur murojaat zudlik bilan Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakiliga yuborilib, Chortoq tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda ko‘rib chiqilgan.

Olib borilgan o‘rganishlar davomida murojaatchini qo‘rqitib kelgan shaxs shu tumanda yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan A.O. ekanligi aniqlanib, unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va ish sudga oshirilgan.

Joriy yilning aprel oyidagi Jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudining tegishli hukmiga ko‘ra, 1991 yilda tug‘ilgan A.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 41-moddasi qo‘llanilib, unga eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, aybdor A.O.dan murojaatchi qizni qayta bezovta qilmasligi to‘g‘risida tilxat olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan talaba qiz ta'qib

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing