Namanganda qimorbozlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
17 fevral 2436 1 daqiqa
Namangan shahrida uyida tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinini tashkillashtirganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Joriy yilning 8 fevral kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahar “Sardoba” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro o‘z yashash uyida moddiy manfaat evaziga tavakkalchilikka asoslangan kartalarga pul tikish orqali qimor o‘yinlarini tashkil etib kelayotgani ma’lum bo‘lgan.
Tadbirda 7 nafar qimor o‘ynayotgan shaxslar tomonidan o‘yin uchun tikilgan 10 mln 540 ming so‘m pul va 50 AQSH dollari hamda xonadon egasiga qimorxona tashkil etib berganligi uchun berilgan 200 ming so‘m pul va 14 quti kartalar bayonnoma asosida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida 121 nafar fuqaro ishtirokida noqonuniy xo‘roz o‘yini tashkil etgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi