Namanganda qarzdor fuqaro MIB xodimini pichoqladi
3-sahifa
−
12 aprel 2023
6210Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida fuqaro Majburiy ijro byurosi xodimini pichoqladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 10 aprel kuni soat 15:40 larda byuro ijrochisi S.B. qarzdor fuqaro O.T.ning yashash xonadoniga 26 million 982 ming so‘mlik bank krediti va boshqa qarzdorliklarni undirish bo‘yicha majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish uchun borgan.
Shu orada davlat ijrochisi xonadonga kelganda qarzdor yo‘qligi ma’lum bo‘lgan va telefon orqali kelishni so‘ragan. Qarzdor esa turli bahonalar bilan kelmasligini ma’lum qilgan.
Shundan so‘ng davlat ijrochisi qarzdorlik bartaraf etilmagani bois majburiy ijro harakatlari tayinlanganini bildirib kelishini so‘ragan. Bundan g‘azablangan qarzdor O.T. esa davlat ijrochisini qasddan o‘ldirish maqsadida xo‘jalik pichog‘i bilan kelib, davlat ijrochisini ko‘krak qafasiga pichoq bilan urmoqchi bo‘lganida o‘zini himoya qilgan va o‘ng qo‘l kaft sohasidan jiddiy tan jarohati olgan.
Qarzdor yana davlat ijrochisini o‘ldirish maqsadida uni ortidan quvgan vaqtda ijro harakatlarida ishtirok etayotgan boshqa davlat xizmatchilari tomonidan qo‘lidagi xo‘jalik pichog‘i olib qo‘yilgan.
“Mazkur holat bo‘yicha 2023 yil 10 aprel kuni To‘raqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi