Namanganda qarzdor erkak tanishini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Norin tumani, “Sho‘rariq” mahallasida fuqaro o‘zining tanishini pul oldi-berdisi nizosi bo‘yicha pichoqlagani haqida xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Norin tumani, “Qozoqovul” MFYda yashovchi D.T. o‘ziga tegishli bo‘lgan Malibu-2 rusumli avtomashinasini joriy yilning iyul oyida tumandagi “Sho‘rariq” MFYda yashovchi S.T.ga o‘zaro kelishuvlariga asosan sotib, shu kuni pulning bir qismini olgan va qolgan qismini keyinchalik berishga kelishishgan.

S.T. kelishilgan pulni o‘z vaqtida bermaganidan so‘ng, D.T. pulni olish maqsadida joriy yilning 30 sentyabr kuni S.T. bilan uchrashgan vaqtida o‘zaro janjallashib qolishgan. Shunda S.T. xo‘jalik pichog‘i bilan D.T.ning hayoti uchun muhim bo‘lgan tana qismiga bir marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.

D.T. shifoxonaga olib borilib zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramay, u shifoxonada vafot etgan.

Joriy yilning 1 oktyabr kuni Norin tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro S.T.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, shu kuni unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing